Qurilish do‘koningizni daftardan butunlay qutqaramiz
Kassa, ombor, nasiya, ta’minotchilar, moliya, xodimlar va AI-yordamchi. Qurilish mollari do‘koni uchun maxsus qilingan bitta tizim.
- Kassa (POS)
- Ombor va qoldiq
- Nasiya + SMS eslatma
- Ta’minotchilar UZS / $
- Moliya: kassa, seyf
- Hisobotlar, foyda
- Xodimlar, davomat
- AI-yordamchi
- Telegram bot
Daftar bilan qancha ish yo‘qoladi
Har bir qurilish do‘koni egasi tanish holatlar. Tizim ularning har birini yopadi.
Daftarda: Kim qancha qarz — eslab qolish kerak, sahifa yo‘qolsa qarz ham yo‘qoladi.
Tizimda: Har mijozning qarzi, tarixi va limiti. Qarzdorlarga SMS bitta tugma bilan.
Daftarda: Omborda nima qolgani noma’lum, sanash uchun do‘konni yopish kerak.
Tizimda: Har sotuv va kirim qoldiqni o‘zi o‘zgartiradi. Minusga sotib bo‘lmaydi.
Daftarda: Ta’minotchi qarzi dollarda, savdo so‘mda — hisob chalkashadi.
Tizimda: Ta’minotchi qarzi UZS va $ da alohida. Kurs har kuni Markaziy bankdan.
Daftarda: Kechqurun kassada pul kam chiqdi — qayerda ketgani noma’lum.
Tizimda: Smena yopilganda naqd, karta, Click, Payme bo‘yicha solishtiriladi.
Daftarda: Oy oxirida foyda qancha bo‘lganini hech kim aniq aytolmaydi.
Tizimda: Foyda va zarar hisoboti istalgan kun uchun, bir bosishda.
Do‘koningizning har burchagi bitta tizimda
Do‘kon rejasidan joyni tanlang — o‘sha yerda tizim nima qilishini ko‘rasiz.
Kassa (POS)
Skaner va klaviatura bilan tez sotuv. Navbat to‘planmaydi.
- Bir vaqtda 8 ta ochiq chek
- Naqd, karta, Click, Payme va nasiya — bitta chekda aralash
- Kasr miqdor: 2,5 metr, 0,75 qop
- Yetkazib berish chekda alohida qator
- Vozvrat — chek bilan ham, cheksiz ham
Do‘konning bir kuni
Ertalabdan kechgacha — daftar ochilmaydi.
Smena ochiladi
Kassir kassani ochadi, xodimlar telefondan «Keldim» bosadi.
Kurs yangilanadi
Dollar kursi Markaziy bankdan o‘zi olinadi.
Yuk keldi
Kirim hujjatini kiritasiz, naklad rasmini telefondan biriktirasiz. Qoldiq o‘zi oshadi.
Nasiyaga savdo
Usta 20 qop sement oldi. Qarz uning obyektiga yoziladi.
SMS eslatma
Barcha qarzdorlarga bitta tugma bilan SMS ketadi.
Smena yopiladi
Naqd, karta, Click va Payme bo‘yicha solishtirish. Kamomad bo‘lsa, darhol ko‘rinadi.
Z-ОТЧЁТ · Смена № 214Наличные8 450 000Карта3 120 000Click / Payme1 760 000В долг5 120 000ИТОГО18 450 000 UZSНедостача0 UZSZ-hisobot, namuna Kunlik hisobot
Telegram’ga bugungi savdo xulosasi keladi.

DiyorStroy’da har kuni ishlaydi
Tizim DiyorStroy qurilish mollari do‘koni uchun yozilgan va o‘sha yerda o‘sgan. Ikki filial, quvurdan tortib bo‘yoq va santexnikagacha — hammasi shu tizimda.
Har bir funksiya real kassada, real mijozlar va real qarzlar bilan sinalgan.
diyorstroy.uz


Ko‘p beriladigan savollar
Narxi qancha?
Narx do‘koningiz hajmiga va filiallar soniga bog‘liq. Ariza qoldiring — qo‘ng‘iroq qilib, aniq aytamiz.
Hozirgi ma’lumotlarim nima bo‘ladi?
Tovarlar, mijozlar va ularning qarzlari, ta’minotchilarni Excel orqali yuklaymiz. Noldan yozib chiqish shart emas.
Bir nechta filialim bor. Mos keladimi?
Ha. Tovar katalogi umumiy, har filialning kassasi, qoldig‘i va savdosi alohida. Hisobotlarni filial bo‘yicha ko‘rasiz.
Kassirga to‘liq ishonmasam-chi?
Har xodimga alohida ruxsat beriladi: chegirma chegarasi, narxni o‘zgartirish, vozvrat. Sotuvni o‘chirib bo‘lmaydi — faqat vozvrat orqali tuzatiladi va hammasi tarixda qoladi.
Telefondan ishlaydimi?
Ha. Ega telefondan savdo, kassa va xodimlarni ko‘radi. Mijozlar o‘z qarzini Telegram botda ko‘radi.
Nima kerak bo‘ladi?
Kompyuter, internet, shtrix-skaner va 80 mm chek printeri. Tizim brauzerda ishlaydi — dastur o‘rnatish shart emas.
Do‘koningizga ko‘rsatib beramiz
Ariza qoldiring — qo‘ng‘iroq qilib, tizimni sizning do‘koningiz misolida ko‘rsatamiz. Bu sizni hech narsaga majburlamaydi.
- 1Ariza qoldirasiz
- 2Qo‘ng‘iroq qilamiz
- 3Do‘koningiz misolida ko‘rsatamiz